
Ta'm - ishonchdan boshlanadigan maskan.
Fish and Bread 2012 yilda oddiy bir g'oyadan boshlandi - tushunarli va ekologik toza taom tayyorlash. O'sha paytda bu baliqli fastfud, burgerlar va hot-doglar edi. Ammo ilk kundan boshlab biz uchun faqat taom tayyorlab sotish emas, balki, taomlarni mehr bilan tayyorlash muhim bo'lgan: mahsulotga, kelgan mehmonga nisbatan.
Vaqt o'tishi bilan Fish and Bread O'zbekistonda baliqli sendvichning ilk elchisiga aylandi, yangi gastronomik yo'nalishni ochdi va baliq zamonaviy shahar oshxonasining bir qismi bo'la olishini isbotladi - yorqin, qulay va chinakam mazali.
Bugun Fish and Bread - boy va rang-barang turk oshxonasini taqdim etuvchi restoran. Biz o'sishda va rivojlanishda davom etamiz, shu bilan birga o'z tamoyillarimizga sodiq qolamiz: oshkoralik, sifat va har bir mahsulot uchun mas'uliyat.
Har bir taomimizning asosi - faqat eko toza mahsulotlar. Biz o'z fermamizdan olingan mahalliy qo'y, mol va parranda go'shtidan foydalanamiz hamda boshqa mahsulotlar sifati va saqlash sharoitlarini qat'iy nazorat qilamiz. Shuningdek, shirinliklarimiz ta'mi va sifatini nazorat qilish uchun o'z qandolatchilik seximizni tashkil etdik. Sabzavotlar va boshqa barcha mahsulotlar ham bizga faqat ishonchli va sinovdan o'tgan yetkazib beruvchilardan keladi - ularga o'zimizga ishonganday ishonamiz.
Hozirgi kunda taomnomamiz turk oshxonasining chuqurligi va hilma-xilligini aks ettiradi: kaboblar, donarlar, pide, durumlar, boshqa issiq taom va boshqalar. Shu bilan birga, Fish and Bread tarixining boshida turgan sevimli taomlar saqlab qolingan va yangi sifat hamda ta'm darajasiga ko'tarilgan. Brendimizning alohida faxri - Norvegiyadan to'g'ridan-to'g'ri keltiriladigan yangi skumbriyadan tayyorlangan avtorlik sendvichidir.
Biz har bir detalga e'tibor beramiz - mahsulot tanlashdan tortib, taomni taqdim etish va yetkazib berishgacha. Qandolatchilarimiz mualliflik desertlarini yaratadi, ichimliklar xaritamiz esa tanlangan brendlar qahvasi, limonadlar, freshlar, milksheyklar va choylar bilan taomnomani boyitib, kayfiyatni uyg'otadi.
Fish and Bread - bu Toshkent bo'ylab qulay joylashgan shinam restoranlar, samimiy xizmat va qayta tashrif qilish uchun yaratilgan muhitdir. Biz har kuni 9:00 dan 00:00 gacha ishlaymiz va shahar bo'ylab bepul yetkazib berish xizmatimizni taklif qilamiz.
Fish and Bread - taom qayerdan ekanini bilganingizda va qachon sifat tanlov emas, balki standart bo'lganda.